Surxondaryo viloyatida yosh xodimlar bilan psixologik davra suhbati tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan IIV Akademiyasini bitirib kelgan yosh xodimlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Unda xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstrimal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.
Mutaxassis-psixolog tomonidan davra suhbati davomida jamoada ijtimoiy ma’naviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyatida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni barataraf etish to‘g‘risida ham fikrlar bildirildi.