Surxondaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xodimlariga yangi qabul qilingan Qaror to‘g‘risida tushuntirishlar berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ 10-son “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Ushbu Qaror ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro va hamjixatlik ruhida ishlashni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Transport va turizm obe’klarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Surxondaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlari o‘rtasida keng muhokama qilinlib, xodimlarga ushbu Qaror to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek Termiz temir yo‘l vokzali hamda Termiz aeroportining kutish zalida o‘rnatilgan manitorlarga IIV tomonidan tavsiya etilgan videoroliklar fuqarolarning diqqat e’tiboriga havola etilmoqda.
Bundan tashqari Termiz vagon Deposining ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish zalida Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli tashkilot va korxonalarida xizmat olib borayotgan ishchi va xizmatchi xodimlariga ushbu qarorlarning mazmun mohiyati tushuntirildi.