12 May 2023 yil 178

Surxondaryo viloyati IIO Xodimalari va xodimlarning farzandlari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 11 aprel kunidagi ichki ishlar organlarida “ Vatanga va xalqga sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Ichki ishlar organlari ayol xodimalari va xodimlarning farzandlari o‘rtasida sportning “Shaxmat va Shashka” turlari bo‘yicha joriy yilning 11 may kuni Termiz shahar “Barkamol avlod markazi” binosida musobaqa o‘tkazildi, qiziqarli baxslarga boy tarzda o‘tgan mazkur musabaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra sportning “Shashka” turi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati HPB inspektor-psixologi katta leytenant G.B.Bozorova, faxrli 2-o‘rinni viloyat Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar bo‘limi statistik va tezkor ma’lumotlar bo‘linmasi huquqiy statistika guruhi katta mutaxassisi podpolkovnik Z.S.Turdieva, faxrli 1-o‘rinni viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati faoliyatini tashkil etish bo‘limi ma’muriy amaliyot bo‘linmasi inspektori leytenant D.N.Norboeva, egalladi.

 Bundan tashqari xodimlarning farzandlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli 3-o‘rinni Termiz shahar 3-son maktab o‘quvchisi A.T.Esanova, faxrli 2-o‘rinni Termiz shahar 4-son maktab o‘quvchisi M.B.Baxtiyorova, faxrli 1-o‘rinni esa Termiz shahar 1-son maktab o‘quvchisi T.B.Baxtiyorovalar qo‘lga kiritishdi.

 Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech