Surxondaryo viloyati IIO Faxriylari “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Samarqand shahriga sayohat qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 maydagi 340-son qaroriga muvofiq har yili noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilanganligi hamda keksa ovlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib e’tibor qaratish va mamlakat bo‘ylab sayohat qilishlarini tashkil etish bo‘yicha IIVning tegishli farmoyishiga asosan Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda keksalik nashidasini surayotgan faxriy xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Samarqand shahriga sayohati tashkil etilgan edi.
Ushbu sayohat davomida ichki ishlar organlari faxriylari Samarqand shahrida joylashgan muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar hamda tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishdi. Bu kabi sayohatlar soha faxriylarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ravishda har yili tashkil etilishi belgilangan.