Surxondaryo viloyati IIBning “Salomatlik patruli” brigadasi xodimlarning salomatligini o‘rganmoqda
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 12 sentabr kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlar salomatligini asrash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi tegishli bo‘yrug‘i hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikromov huzurida 2022 yil 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, xaftaning har chorshanba kuni “Salomatlik kuni” deb belgilanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB DPM (Davolash profilaktika muassasasi) Tibbiyot bo‘limida tashkil etilgan “Salomatlik patruli” brigadasi tomonidan viloyat hududida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining salomatligini o‘rganish, aniqlangan kasalliklari bo‘yicha kerakli maslahat va ko‘rsatmalar bilan birga davolash profilaktik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Xuddi shunday tibbiy ko‘riklardan biri joriy yilning 21 dekabr kuni Qiziriq tuman IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida ham tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida “Salomatlik patruli” birigadasi tomonidan jami 23 nafar Dispanser hisobida turgan shaxsiy tarkib tanlov asosida tekshirib ko‘rilib, ularga tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida shaxsiy tarkibni tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida, sog‘lom turmush tarzi, semizlik va uning oqibatlari, shaxsiy gigiena, jismoniy mashg‘ulotlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, zararli odatlardan voz kechish, ovqatlanish ratsioniga amal qilish va ruhiy salomatlik haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Shaxsiy tarkib bilan tashkil etilgan davra suhbati davomida xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.