Surxondaryo viloyati IIBda “Jamoatchilik Kengashi”ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda Ichki ishlar Vazirining tegishli buyriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Jamoatchilik Kengashi”ning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, Jamoatchilik kengashi raisi iste’fodagi polkovnik A.Odinaev hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
Unda kengash a’zolari oldiga qo‘yilgan vazifalar va uning vakolati xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Samimiy muloqotlar asnosida mas’ullar Ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda tizimni xalqchil tuzilmaga aylantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslar o‘rtaga tashlandi. A’zolarning fikr va mulohazalari takliflari asosida kengash faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha rejalar tuzildi.