21 Noyabr 2022 yil 329

Surxondaryo viloyati IIBda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21 noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Voyaga yetmagan o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sabablari va uning sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, voyaga yetmaganlar jabrlanishining oldini olish hamda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish” mavzusida Surxondaryo viloyati Ichki  ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.S.Ismoilov huzurida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yilishishda, Surxondaryo viloyat Hokimining o‘rinbosari Z.A.Xidirova, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Ya.Hamidova, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolknovnik M.M.Boltaev, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i mayor A.A.Xudoyberdiev va viloyat IIB JXX HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik  O‘.J.Eshimova va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig‘i tomonidan, bugungi kunda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, voyaga yetmagan qizlar tomonidan erta turmush va tug‘ruq holatlari kuzatilayotganligi, ularning jabrlanuvchi bo‘lib qolishlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tanqid qilinib, masu’l idrora va tashkilot rahbarlariga ushbu holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Angor, Denov va Sariosiyo tumanlari hududlarida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlar viloyatning boshqa hududlarida sodir etilishining oldini olish va takrorlanmasligi yuzasidan alohida topshiriqlar berildi.

Text to speech