9 Aprel 2022 yil
390
Surxondaryo viloyati IIBda, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 9 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining katta majlislar zalida, Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi, ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va yaqin qarindoshlari bilan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Tashkil qilingan uchrashuvda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari podpolkovnik U.S.O‘tayev, podpolkovnik Sh.F.Shadiyev, O‘zbekiston Respublikasi IIV MMIvaKBT departamenti mas’ul xodimi A.Boynazarov, O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimi hamda mehnat faxriylari qatnashdi.
Tadbirda sohani takomillashtirish va jahon andozalariga moslashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xizmat faoliyati davomida qulay shart-sharoit yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Eng muhimi har bir xodimga xizmati davomida belgilangan tartib intizom va vazifalarga sidqi dildan yondoshishi muhimligi uqtirildi. Ish samaradorligini oshirish fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatishga doir vazifalar belgilab berildi.
Tadbirda shu kunga qadar ish faoliyatiga fidoyilik bilan yondoshgan xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati