15 Avgust 2023 yil 506

Surxondaryo viloyati IIBda o‘tkazilgan “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevral kunidagi  “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122 son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 27 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlari tizimida  “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” va “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyruqlari talablari asosida joriy yilining 15 avgust kuni,  Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB hamda shahar-tuman IIB Ekspert-kriminalistika xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan ko‘rik tanlov uchta shart asosida tashkil etilib, unda ekspert-kriminalist xodimlarining  intelektual salohiyati, jismoniy va jangovor tayyorgarligi hamda xizmatga oid me’yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatlar asosida o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlov ishtirokchilari o‘zlarining sohaga oid bilimlari, xizmatga oid tajriba va malakaviy ko‘nikmalari test asosida sinaldi. Ikkinchi shartga ko‘ra AKM avtomatidan va PM pistoletlarining to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ishga doir malakalarini namoyish qilishdi. Shundan so‘ng komissiya a’zolari ishtirokida ekspertlarning sohaga doir maxsus va kasbiy bilimlariga qay darajada ega ekanliklari, faoliyati davomida erishgan yutuqlari hamda xizmatga oid me’yoriy hujjatlarning yuritilishi bo‘yicha yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlov natijalariga ko‘ra, viloyat IIB ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti mayor Xasanov Foziljon Shomurod o‘g‘li birinchi o‘ringa,  viloyat IIB ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti Tursunov Botir Chori o‘g‘li ikkinchi o‘ringa, Termiz tumani IIB EKG katta eksperti katta leytenannt Jo‘raev Isomiddin Shavkat o‘g‘li uchinchi o‘ringa loyiq deb topilib, mazkur uchlik respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Eng namunali ekspert kriminalistika jamoasi” ko‘rik-tanlovida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ko‘rik tanlov g‘oliblari munosib ravishda taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech