4 Iyun 2022 yil 548

Surxondaryo viloyati IIBda “Til-millat boyligi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatining 2022-yil II-chorak “Ma’naviyat va ma’rifat” rejasi hamda 2022 yil 4 iyun kuni shaxsiy tarkib bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tasdiqlangan rejaga asosan “Til-millat boyligi” mavzusida, Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunoslik kafedrasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nurali Omonturdiyevning ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzachi, bugungi kunda, davlatimiz tmonidan o‘zbek tilini rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ishlar, o‘zbek tilinining shevalar kesimida o‘rganish va izlanish ishlari olib borilayotganligi kabi qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tdi.
Shuningdek, viloyat IIB Davolash-profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi harbiy tibbiy komissiya raisi-shifokor kapitan Akmaljon Yunusov tomonidan hozirgi kunda butun dunyoga tarqalish xavfi bo‘lgan “Maymun chechagi virusi” haqida shaxsiy tarkibga tushuntirish profilaktik ishlarini olib borib, ushbu virusning tarqalishi, alohida belgilari va virusdan saqlanish usullari borasida so‘z yuritdi.
Bundan tashqari o‘tgan hafta mobaynida Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yuz bergan yangiliklar “Tahlilnoma” informatsion dasturi shaxsiy tarkib e’tiboriga haqola qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech