Surxondaryo viloyati IIBda tergov sohasida 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Joriy yilning 14 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan 2022 yilning 6 oyi davomida, jinoyat ishlari bo‘yicha tergov va surishtiruv harakatlarining olib borilganligi yuzasidan muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muhokama yig‘ilishda, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Termiz shahar va Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi hamda barcha tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari I.Ketmonov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan tanishtirdi va joriy yilning olti oyi davomida, tizimda amalga oshirilgan ishlar tafsiloti bilan tanishtirib, erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchilliklarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish so‘nggida, soha xodimlari bu boradagi ishlarni yaxshilash bo‘yicha o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda soha vakillari kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati