1 Aprel 2023 yil 255

Surxondaryo viloyati IIBda Sumalak sayli tashkil etilib, iftorlik dasturxoni yozildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida viloyat sektor rahbarlari hamda imom xatiblarga bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 1 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan,  boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda Ichki ishlar organlari faxriylari uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Shuningdek, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri ham tashkil etilib, dosh qozonda sumalak qaynatildi.

Bayram tadbirini viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov ochiq deb e’lon qilib, tadbir ishtirokchilarini muborak ramazon oyi hamda Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbot etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 1 mart “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bir guruh Ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga asosan idoraviy esdalik ko‘krak nishonlari, qo‘l soati hamda faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu bayram oqshomiga viloyatimizda mehmon bo‘lib turgan Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblidan iborat ijodiy guruhining so‘z ustalari hamda xonandalaridan iborat jamoaning bir-biridan ajoyib kuy-qo‘shiqlari va hangomalari tadbir mehmonlariga xush kayfiyat ulashdi.          

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech