12 Aprel 2022 yil 438

Surxondaryo viloyati IIBda, “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5000 qadam” aksiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabr kunidagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni talablariga asosan hamda viloyat ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar tizimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda, ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalarni to‘laqonli va samarali bajarishda shaxsiy tarkibning kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishi muhim sanaladi. Shu sababli, shaxsiy tarkibni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida, joriy yilning 12 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi apparati shaxsiy tarkibi ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi uchun 5000 qadam” aksiyasi doirasida marafon tadbiri o‘tkazildi. Marafonda ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, “Alpomish” sog‘lomlashtirish sport majmuasida, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida jismoniy va jangovar sport mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.
Text to speech