Surxondaryo viloyati IIBda saf ko‘rigi va saf tayorgarligi o‘tkazildi.
Joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyruq talablariga muvofiq Ichki ishlar organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida biriktirilgan rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko‘rinishi, cho‘ntak anjomlari, xizmat guvohnomalarini mavjudligi va tabel qurollarining biriktirilganli, tashvish qoplari me’yoriy buyruq talablari asosida jamlanganlanligi hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Saf ko‘rigini o‘tkazish davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida viloyat Ichki ishlar organlarining barcha sohaviy rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, saf ko‘rigida ishtirok etgan xodimlarning saf tayyorgarlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, safdan chiqish va safga qaytish, harbiycha salom berish hamda tantanali yurish usullarini mukammal o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, xodimlarning o‘z vaqtida ishga kelishi nazorat qilinib, ularga xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylilikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Albatta bu kabi tadbirlar jamiyatda ichki ishlar organlari xodimlarining imidjini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati