28 Aprel 2022 yil
413
Surxondaryo viloyati IIBda qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlagan o‘quv seminari o‘tkazildi
Joriy yilning 28 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIBda sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘quv-seminarini Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining Yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Djalilov olib bordi va o‘quv seminari mavzusi hamda maqsadi bilan tanishtirib, ma’ruza qilish uchun so‘z navbatini Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot tguruhi katta mutaxassisi leytenant E.Abrayevga berdi.
Ma’ruzachi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-190-son qarorida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi "Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 172-son qarori mazmun mohiyati, qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 173-son qarori bilan "Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida"gi qarori bilan belgilangan tartiblar xususida so‘z yuritdi.
O‘quv seminari davomida, sohaviy xizmat xodimlari tomonidan mavzuga doir yo‘llangan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati