25 Mart 2022 yil 500

Surxondaryo viloyati IIBda “Navro‘z” shodiyonasi o‘tkazildi

Joriy yilning 25 mart kuni Surxondaryo viloyati IIBda ham Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tashkil etilgan bayram tadbirida, Surxondaryo viloyati xokimi T.Bobolov ham ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutladi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.Ismoilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 21 mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, o‘ziga yuklatilgan vazifani vijdonan, sitdqidildan bajarib, hamkasblariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlariga ichki ishlar vazirligining ko‘krak nishonglari va boshqa mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
Bayram, san’atkorlar va baxshilar tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiq va laparlarga ulanib, ishtirokchilar ko‘nglini hushnut etgan bo‘lsa, milliylik aks etgan sahna dekoratsiyalari barchaning dilini nurafshon ayladi.
Bayram tadbirida, doshqozonda milliy taomlarimizdan biri sumalak ham qaynatildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech