Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Jasorating mangu barhayot” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 6 may kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Jasorating mangu barhayot” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahridagi Harbiy qism tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik N.Atajanovning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati