20 May 2023 yil 193

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Tinchlikparvar O‘zbekistonning tashqi siyosati” mavzusiga bag‘ishlandi.

 Joriy yilning 20 may kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Tinchlikparvar O‘zbekistonning tashqi siyosati” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti tarix fakulteti prafessori tarix fanlari doktori Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti mas’ul xodimlari tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan yangiliklar, qabul qilinayotgan ichki normatiq huquqiy hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida jonbozlik ko‘rsatib, xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Boysun hamda Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i asosida pul mukofoti bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech