Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Suv resurslari – kelajak uchun” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 22 iyul kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Suv resurslari – kelajak uchun” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti tarix fakulteti prafessori tarix fanlari doktori Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida Surxondaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘limi Shartnomaviy-huquqiy guruh yetakchi yuriskonsult, podpolkovnik M.Shaymardonov tomonidan ma’lumot berib o‘tildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati