Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Sohibqiron Amir Temur buyuk davlat arbobi hamda ulug‘ sarkarda” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 8 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Sohibqiron Amir Temur buyuk davlat arbobi hamda ulug‘ sarkarda” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti tarix fakulteti prafessori tarix fanlari doktori Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada Amir Temur bobokalonimizning Jahon tarixida tutgan beqiyos o‘rni, milliy davlatchiligimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, mardlik va jasorati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, viloyat hududida korrupsiya va ta’magirlik illatlariga qarshi murosasiz kurash olib borishda hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Boysun tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l patrul xizmati inspektori safdor A.Komilov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati