Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Sharq taronalari: dunyoni hayratga solgan ohanglar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 14 avgust kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Sharq taronalari: dunyoni hayratga solgan ohanglar” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlari doktori professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, qo‘shimcha mavzu sifatida, “yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” haqida viloyat IIB tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘linmasi mas’ul xodimi podpolkovnik Murod Shaymardonovning ham ma’ruzasi tinglanib, unda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ularning mazmun mohiyati, inson, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida tutgan o‘rni haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
O‘tkazilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, bir qator ichki ishlar organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati