24 Iyun 2023 yil 197

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “OAV – jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 24 iyun kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “OAV – jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi (27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni)” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan faxriy jurnalist, “Zarautsoy” jamoatchilik markazi rahbari, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi a’zosi A.Xolmirzaevning ma’ruzasi tinglandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.

Shundan so‘ng, ichki ishlar organlari xodimlariga “O‘zbekiston — suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” hamda “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai” mavzularida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun mohiyati mas’ullar tomonidan yetkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech