Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Noverbal harakatlar va shaxs psixologiyasi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 29 iyul kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Noverbal harakatlar va shaxs psixologiyasi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti psixologiya kafedrasining katta o‘qituvchisi Jo‘raev O‘tkir Tashpo‘latovichning ma’ruzasi tinglandi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 26 iyun kunidagi
341-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Xodimlar tomonidan fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional ekspressiv harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti olib borildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati