Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yo‘l qoidalariga rioya qilish - xavfsizlik kafolatidir” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 19 avgust kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yo‘l qoidalariga rioya qilish - xavfsizlik kafolatidir” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB Axborot guruhi katta mutahassisi leytenant Abraev Elnur Muhiddinovichning ma’ruzasi tinglandi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati