17 Iyun 2023 yil 372

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Inson, tabiat va tabiiy ofatlar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 17 iyun kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Inson, tabiat va tabiiy ofatlar” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘quv bo‘limi boshlig‘i O.Abdullaevning ma’ruzasi tinglandi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.

Shundan so‘ng, ichki ishlar organlari xodimlari qonunchilik va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishlari haqida so‘z yuiritilib, shaxsiy tarkib e’tiboriga “Zalolat halokatli yo‘l” nomli ko‘rsatuv namoyish etildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech