Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish – jinoyat” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 15 iyul kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish – jinoyat” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Tergov qismi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi mayor A.Raximovning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, qo‘shimcha mavzu sifatida, “yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazmun-mohiyati” haqida Termiz Davlat Universiteti yuridik fanlar doktori professor, yuridik fakulteti dekani J.Xolmo‘minovning ham ma’ruzasi tinglanib, unda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ularning mazmun mohiyati, inson, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida tutgan o‘rni haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati