1 Aprel 2023 yil 184

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 1 aprel kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti tarix fakulteti prafessori tarix fanlari doktori Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ul xodimi mayor L.Atoev tomonidan kiberxavfsizlik talablari va ularga rioya qilish yuzasidan shaxsiy tarkibga ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech