Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi” bag‘ishlandi.
Joriy yilning 25 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti tarix fakulteti prafessori tarix fanlari doktori Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng mamlakatimiz qonunchiligida bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining loyihasi shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati