Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Bolalar – yurt kelajagi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 27 may kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Bolalar – yurt kelajagi (1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni)” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat unversiteti tarix fakulteti prafessori tarix fanlari doktori Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik I.Tursunov tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida, xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etilishi, jinoyatlarni barvaqt oldini olish choralarini ko‘rish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati