13 Iyul 2022 yil 328

Surxondaryo viloyati IIBda Murojaatlar bilan ishlash faoliyati tanqidiy-tahlil asosida muhokama qilindi

Joriy yilning 13 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIBda jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beruvchi “Ye-material” dasturiy moduli yuzasidan. Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi, Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi, Navbatchilik xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi, barcha tuman IIB Tashkiliy bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.Ketmonov ishtirok etib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan tanishtirib, sohada amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar yuzasidan batafsil to‘xtalib, kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Navbatchilik xizmatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A.Sheraliev so‘z olib, IIB nabatchilik qismi hamda “102” qisqa raqamlari orqali kelib tushayotgan murojaatlarning ijrosini tez va sifatli bajarilishi borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilliklar haqida ma’lumotlar keltirib, bu boradagi ishlarni yaxshilash bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirib o‘tdi.  

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda  soha vakillari kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech