16 Iyul 2022 yil 419

Surxondaryo viloyati IIBda “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi bo‘lib o‘tdi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsida Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar doktori professor T.Pardaevning “Turkiy guliston yoxud axloq”-sharqona tarbiya asosidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori shaxsiy tarkibga o‘qib eshitttirildi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:

ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolari sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy bilan ta’minlash;

oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish;

shahar yo‘lovchi transportidan va shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;

mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;

xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;

tan jarohati olgan (yetkazilgan) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan)da bir martalik nafaqa tayinlash, pensiya va nafaqa tayinlash nazarda tutilgan.

O‘quv darsi davomida, ichki ishlar xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech