Surxondaryo viloyati IIBda “Ma’naviyat oyligi” doirasida “IIO kutubxonasiga bir juft kitob aksiyasi” o‘tkazildi
Joriy yilning 6 may kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarida vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, “IIO kutubxonasiga bir juft kitob aksiyasi” o‘tkazildi. Aksiyada ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etib, har biri o‘zbek va jahon adabiyoti asarlaridan tashkil topgan ikki donadan kitob xarid qilishib, boshqarmaning kutubxonasiga sovg‘a tariqasida taqdim etishdi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari o‘zlari sevib o‘qishlari uchun shaxsiy kutubxonalariga badiiy kitoblar olishdi.