4 Yanvar 2023 yil 421

Surxondaryo viloyati IIBda ma’naviy-ma’rifiy va kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan o‘rganilmoqda.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, bo‘sh lavozimlarni jamlash, xodimlarning jismoniy va jangovar shayligini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan joriy yilning dastlabki kunlaridanoq manzilli chora-tadbirlar belgilab olish maqsadida, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev boshchiligida ishchi guruh tashkil etilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 3 yanvar kuni viloyatning Uzun va Sariosiyo tumanlari IIB sohaviy xizmat rahbarlaridan IIVning 2021 yil 1 oktabrdagi tegishli farmoyishiga asosan, “Xodimbay” ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, kundalik daftarlarining yuritilishi, hisobotlarda aks ettirilganligi va berilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, IIVning 2021 yil 21 oktabrdagi buyruq talablari asosida shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganilganligi, xodimlar bilan yakka tartibdagi individual suhbatlar o‘tkazilganligi, bu borada jurnallar yuritilganligi, “Ma’naviyat marshruti” bo‘yicha tashrif buyurilgan joylar haqida foto ma’lumotlar yig‘ma jildi, IIVning 2022 yil 22 sentabrdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy, axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i talablariga asosan, xodimlar bilan sport mashg‘ulotlarining tashkil etilganligi va davomat jurnallarining yuritilish ahvoli, shuningdek, xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalari tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.   

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech