Surxondaryo viloyati IIBda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni yanada samarali tashkil etish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Boshqarmaning sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman IIB boshliqlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda katta inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV mas’ul xodimi podpolkovnik E.Umarov va viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Q.Batirov huzurida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 07 sentabr kunidagi 198-sonli farmoyishi talablari asosida o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni sifatli va samarali tashkil etish masalasi ko‘rildi.
Oylik doirasida, ichki ishlar organlari xodimlari Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini yanada o‘zlashtirish, xodimlarning intellektual bilimini oshirish, huquqni qo‘llash amaliyotida normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni to‘g‘ri sharhlash va undan samarali foydalanish, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, umumiy dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy ongi hamda ularda yuksak vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga nisbatan fidoyilik va sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, xodimlarning ommaviy axborot vositalari, blogerlar va fuqarolar bilan muloqotda qo‘pol munosabatda bo‘lishini oldini hamda stress vaziyatlarda o‘zini-o‘zi boshqarish va tezkor qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jangovar va o‘z ixtisosligiga oid boshqa vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan jismoniy sifatlarini talab darajasida saqlash, yanada rivojlantirish hamda maxsus vositalar, o‘q otar qurollar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan mohirona foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, xodimlarning sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha kasbiy hamda ko‘nikmalarini yanada oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish talablari belgilandi.
Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini sifat jihatdan oshirishga qaratilgan sport musobaqalari hamda oylikni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmali bannerlar o‘rnatish masalalari ham ko‘rildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati