5 Fevral 2022 yil 428

Surxondaryo viloyati IIBda "yangi O'zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik" mavzusidagi o'quv darsi o'tkazildi

Joriy yilning 05 fevral kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, boshqarma boshlig'ining o'rinbosarlari va shaxsiy tarkib ishtirokida navbatdagi "Ma'naviyat va ma'rifat" darsi o'tkazilib, unda Surxondaryo viloyati prokuraturasi korrupsiya va iqtisodiy sohalardagi jinoyatlarni tergov qilish bo'limi boshlig'i R.Ibragimov "yangi O'zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik" mavzusida ma'ruzalar o'qib, boshqarma shaxsiy tarkibiga o'zining mavzularga oid fikr va mulohazalarini bayon etdi. Shuningdek, korrupsiyaning salbiy oqibatlari aks etgan videorolik shaxsiy tarkib e'tiboriga havola etildi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech