9 Yanvar 2023 yil 322

Surxondaryo viloyati IIBda "Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi

O‘tmish va tarix – bu ikki so‘z zamirida juda katta ma’nolar mujassam etgan. O‘tmish va tarixsiz kelajakni barpo etish, kelajakka intilish mushkul ekanligini barcha birdek anglaydi va biladi.

So‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan yosh avlodni tarbiyalashda “ustoz-shogird” an’anasiga amal qilish, ustozlarni ulug‘lash, ularning yillar davomida orttirgan tajribalaridan unumli foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2023 yil 9 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida "Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.H.Sharafutdinov, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasining mas’ul xodimi, Faxriylar kengashi a’zolari, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan faxriy ustozlar, IIV Surxondaryo akademik litsey o‘quvchilari hamda yosh xodimlar, ularning murabbiylari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘z olgan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari hamda faxriylar kengashi raisi yosh avlodga o‘zining xizmat faoliyati davomida ko‘rgan kechirganlari haqida so‘zlab berib, bugungi kunda IIOlari xodimlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi, shuningdek faxriylar yosh xodimlar uchun doimiy mas’ul ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida IIOlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilgan  faxriylar hamda hamkasblari orasida ijobiy natijalarga erishib alohida namuna ko‘rsatib, yosh xodimlarga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining tashakurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab o‘tkazilishi belgilangan.

Text to speech