17 Sentyabr 2022 yil 360

Surxondaryo viloyati IIBda Hisobot-saylov bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda 180 ga yaqin yosh harbiy xizmatchilar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi xodimlari shuningdek mas’ullar ishtirok etishdi.

Dastlab boshlang‘ich tashkilotning o‘tgan davrdagi faoliyati bo‘yicha taqdimoti tinglandi. 3 nafar nomzod o‘zlarining saylovoldi dasturini eshittirilgandan so‘ng 95% ovoz bilan Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi sifatida kapitan Qurbonaliev Bekzod Abdumalik o‘g‘li qayta saylandi.

Shuningdek boshlang‘ich tashkilotning 1 yillik ish rejasi tasdiqlanib, yig‘ilishda ishtirok etuvchi delegatlar tomonidan ma’qullandi.

Tadbir yakunida xizmati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan yosh xodimlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Text to speech