3 Avgust 2023 yil 162

Surxondaryo viloyati IIBda “Intizom oyligi” doirasida psixologik tadbirlar  davom ettirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 26 iyun kunidagi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan “Intizom oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati IIB tarkibida xizmat qilayotgan xodimlar bilan psixologik ishlar olib borilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.

Shu bilan birga xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishi, korrupsiya kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Text to speech