Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlari va ularning ota-onalari bilan amaliyot oldi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 6 fevral kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining katta majlislar zalida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari va ularning ota-onalari bilan amaliyot oldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev huzurida o‘tkazilib, yig‘ilish qatnashchilariga, ota-onalar va kursantlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyat va xizmat intizomi kodeksida keltirilgan vazifalarni tushuntirib, yig‘ilish davomida bildirilgan taklif, tavsiyalarga jiddiy munosabatda bo‘lgan holda, aytilgan talablarga to‘la amal qilish kerakligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan kursantlarga amaliyot o‘tash davrida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlari, fuqarolar bilan muloqotga uhkirishganida xushmuomala bo‘lishlari, xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga aralashmasliklari, amaliyotni belgilangan tartibda o‘tashlari lozimligini tushuntirilib, ota-onalar ham amaliyot o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirildi.
Yig‘ilish so‘ngida so‘zga chiqqan kursantlar IIV Akademiyasi rahbariyati, ustozlar hamda ota-onalarning ishonchini oqlashga, belgilangan amaliyot tartibi va xizmat intizomiga to‘liq rioya etishga va’da berishdi. Shuningdek, o‘quv yilini a’lo baholarga yakunlagan kursantlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.