8 Fevral 2023 yil 360

Surxondaryo viloyati IIBda Ichki ishlar organlari xizmatiga yangi qabul qilingan yosh xodimlar bilan muomila madaniyati doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 8 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIBning Sport majmuasi binosida, O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyat va xizmat intizomi kodeksida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar  profilaktikasi boshqarmasi tarkibiga yangi qabul qilingan xodimlar bilan muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati avvalida, mazkur qarorning mazmun-mohiyati yosh xodimlarga yetkazilib, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti jarayonida yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning muomila madaniyatini oshirish bo‘yicha shuningdek, turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar haqida yosh xodimlarga ma’lumotlar berilib, ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish xodimning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech