18 Aprel 2023 yil 194

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlarning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 28-fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-moxiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarliginn oshirish buyicha o‘quv yiginlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga asosan navbatdagi 1 (bir) haftalik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘iniga jalb qilingan viloyat ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlariga kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini yetkazish, ularning kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida viloyat IIBning tegishli soxaviy xizmatlarining rahbarlari hamda mas’ul xodimlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Text to speech