26 Iyun 2023 yil 194

Surxondaryo viloyati IIBda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosidagi ishlar davom ettiriloqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati IIB tarkibida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimalar va oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimalar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.

Text to speech