19 Iyul 2022 yil 382

Surxondaryo viloyati IIBda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosidagi ishlar davom ettirilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda Viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati IIB tarkibida xizmat qilayotgan va hozirgi kunda bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan ayol xodimalarning oilasini, turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, ularning yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi hamda ularning muammolari o‘rganilib o‘zi va oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimalar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli tavsiya va maslahatlar berib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech