4 Noyabr 2022 yil 361

Surxondaryo viloyati IIBda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Sh.Shodiev va O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarovlar tomonidan viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari, sohaviy xizmatlar va shahar-tuman IIB boshliqlarining Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar va kadrlar bilan ta’minlash guruhlar katta inspektorlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda shaxsiy tarkib bilan bog‘liq har qanday salbiy holatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilarga respublika ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq salbiy holatlar yetkazilib, shaxsiy namuna bo‘lish talab qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda xodimlarga jamiyat va taraqqiyot kushandasi bo‘lmish korrupsiya va uning turli ko‘rinishidagi illatlarga murosasiz qarshi kurash olib borish uqtirildi.

Text to speech