17 Fevral 2023 yil 351

Surxondaryo viloyati IIBda xarbiy xizmatchilar bilan psixologik ishlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyat va xizmat intizomi kodeksida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi 7257-sonli harbiy qismda shartnoma asosida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning ruhiy barqarorligini  o‘rganish maqsadida psixologik testlar olindi. Shuningdek ular bilan muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati, nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarni shakllantirish hamda stress holatlarining oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati avvalida Qarorning mazmun-mohiyati harbiy xizmatchilarga turli stress vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar haqida ma’lumotlar berilib ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish ularning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi. Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech