Surxondaryo viloyati IIBda galdagi “Turkiy davlatlar birdamligi – rivojlanish sari yangi qadam” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 19- noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Turkiy davlatlar birdamligi – rivojlanish sari yangi qadam” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar doktori professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi. Bunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zlab, 2009 yilning 3 oktabr sanasida Ozarbayjonning Naxichevan shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga asos solinganligi. Unga qadar ham Turkiy davlatlar rahbarlari sammiti mavjud bo‘lib, uning ilk yig‘ilishi 1992 yil 30 oktabrda Anqarada o‘tkazilganligi, 2018 yilning sentabr oyida Prezidentimiz ushbu tashkilotning Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etganligi, 2019 yil sentabrida O‘zbekiston Naxichevan bitimini ratifikatsiya qilib, o‘sha yili oktabrda tuzilmaga rasmiy qo‘shilganligi qayd etildi.
Ayni paytda Turkiy tilli davlatlar tashkiloti tarkibiga O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya kiradi. Vengriya hamda Turkmaniston esa uning faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotganligi, mazkur tashkilot, ya’ni Turkiy kengash xalqaro tuzilmalar ichida birinchi bo‘lib pandemiyaga qarshi birgalikda kurashishga bag‘ishlangan davlat rahbarlari favqulodda sammitini o‘tkazgan, ushbu sammitda nafaqat turli tibbiy jihozlarni yetkazish yo‘li bilan o‘zaro yordam ko‘rsatish borasida, balki transport, iqtisod, savdo, chegara va migratsiya kabi bir qator sohalarda ham yangi maqsad hamda vazifalar belgilab olingan edi.
O‘zbekiston tashkilot ishida faol ishtirok etib, Davlatimiz tuzilma doirasida bir qancha tashabbuslarni ilgari surayotganligi va boshqa bir qator ma’lumotlar keltirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsida O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Tezkor qidiruv xizmati Giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari F.Agzarov hamda B.Savrievlar ishtirok etib, hozirgi kunda, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 2021 yil 26 apreldagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan narkotik moddalarning suiiste’mol va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 24 oktabr kunidagi “Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bo‘lgan, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish tezkor profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida tegishli tushunchalar berib, bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar borasida so‘z yuritishdi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, o‘tgan hafta mobaynida Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi yangiliklar o‘rin olgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish qilindi.