28 Yanvar 2023 yil 338

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Jadidlar jasorati-millatimiz faxridir” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shodiev huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Jadidlar jasorati – millatimiz faxridir” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz davlat universiteti tarix fanlari doktori, professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘z olgan boshqarma ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor H.Nurmatov hamda boshqarma Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘limi yuristkonsulti M.Shaymardonovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-10-son Qarorining mazmun-mohiyatini barcha mustaqil boshqarma, sohaviy xizmat rahbarlari, viloyat IIB shaxsiy tarkibiga yetkazilib, kelgusida ushbu qaror bilan tasdiqlangan kodeks va nizomni o‘zlashtirish masalasi yuzasidan dars mashg‘ulotlari tashkil etilishini alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari,  Prezident qarorining mazmun-mohiyati aks ettirilgan slayd barcha shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish etilib, qaror asosida tayyorlangan infografik bukletlar shaxsiy tarkibga tarqatildi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech