5 Noyabr 2022 yil 390

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “O‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik-tinchlik garovi” mavzusida o‘tkazildi.

Joriy yilning 05- noyabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “O‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik-tinchlik garovi” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlari nomzodi dotsent Panji Xo‘shboqovning ma’ruzasi tinglandi. Unda Turli millat va diniy e’tiqodga mansub odamlar yuz yillar mobaynida bir oila kabi inoqlikda yashagani, bu qadriyat ularga yoshlikdan har xil ko‘rinishdagi tarbiya usullari yordamida singdirilgani, asrlar davomida turli-tuman din, madaniyat va turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarning birgalikda yashash va hamkorlik markaziga aylangan O‘zbekiston xalqi va boshqa bir qator iliq fikr mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsida davomida viloyat IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik ta’minlash bo‘linmasi katta yuriskonsulti mayor M.Shaymardonov Respublikamizda o‘tkazilayotgan "Huquqiy bilimlarni oshirish kuni" tadbiri doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar ya’ni Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid bir qator Hukumat qarorlari o‘z kuchini yo‘qotganligi hamda Mahkumlar uchun Internetga ulangan kompyuter bilan jihozlangan xonalar tashkil etilishi haqidagi ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Shundan so‘ng Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir xafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Text to speech