22 Oktyabr 2022 yil 409

Surxondaryo viloyati IIBda galdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Joriy yilning 22-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Uchinchi Renessans arafasida ichki ishlar organlari xodimlarining dolzarb vazifalari” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Shuningdek, “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir xafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizim faoliyatiga bag‘ishlab O‘zbekiston MTRK bilan hamkorlikda “Jinoyat jazosiz qolmaydi” nomli 30 qismdan iborat milliy serial suratga olingan edi. Ushbu filmning taqdimoti ham o‘tkazilib, milliy serialning ayrim qismlari shaxsiy tarkibga namoyish etildi.

Text to speech