Surxondaryo viloyati IIBda galdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 10 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ulug‘ xalqning mangu qo‘shig‘i” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahrida joylashgan 12-son umumiy o‘rta-ta’lim maktab direktori Malohat Xollievaning ma’ruzasi tinglandi. Bunda Davlatimiz ramzi bo‘lgan madhiyamizning huquqiy maqomi maxsus qonun bilan mustahkamlanganligi, uning asosiy maqsadi mamlakatimiz suverenitetiga bo‘lgan e’tiqodning rasmiyligini ta’minlashdan iboratligi, shu bilan birga, mazkur qonunda barcha unga chuqur ehtirom bilan qarashi har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchi ekanligi, mamlakatimiz fuqarolari hamda yurtimizda istiqomat qilayotgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi lozimligi haqida va boshqa bir qator ma’lumotlar keltirildi.
Shuningdek, ushbu “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun buzilishlari, xizmat intizomi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng, o‘tgan hafta mobaynida Respublikamizda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi yangiliklar o‘rin olgan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi shaxsiy tarkib e’tiboriga namoyish qilindi.